Tibbiyot talabalari uchun AI prezentatsiya, referat va tibbiy baza
Mavzuni yozing — MavzuLab tibbiy darsliklar va ma'ruzalar bazasidan manba topadi va bir necha daqiqada tayyor prezentatsiya, referat, mustaqil ish yoki test tayyorlab beradi. Prezentatsiyani PPTX yoki PDF, hujjatlarni Word formatida yuklab olasiz.
Nimalar tayyorlash mumkin
AI prezentatsiya (taqdimot)
5 tadan 30 tagacha slayd: avval reja tuziladi, keyin slaydlar yoziladi. Muharrirda tuzatib, PPTX yoki PDF qilib yuklab olasiz.
Referat, mustaqil ish, kurs ishi
Titul varag'i, kirish, asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro'yxati bilan. Kurs, BMI va diplom ishlari bob-bob yoziladi.
Testlar, vaziyatli masalalar, krossvord
Javob va izohli testlar, klinik vaziyatli masalalar, glossariy va interaktiv krossvord — imtihonga tayyorlanish uchun.
Katta tibbiy baza
Darsliklar, ma'ruzalar va tibbiy kanallar materiallari bitta joyda. Bazadan qidirish bepul, topilgan manbani ishingizga biriktirasiz.
Viktorina (Kahoot uslubida)
Savollar katta ekranda, javoblar telefonda. Guruh bilan jonli o'yin yoki uyga topshiriq — AI testdan bir zumda tuziladi.
Gamma va Canva'ning tibbiy muqobili
Universal xizmatlardan farqli ravishda fan va kursni hisobga oladi va tibbiy manbalarga tayanadi.
Qanday ishlaydi
- Mavzuni yozingFan, kurs, til va hajmni tanlang. Xohlasangiz, bazadan darslik yoki ma'ruzani manba sifatida biriktiring.
- AI tayyorlaydiAvval reja tuziladi — uni o'zgartirishingiz mumkin. Keyin matn tibbiy manbalarga tayangan holda yoziladi.
- Tahrirlang va yuklab olingMuharrirda tuzating, PPTX, PDF yoki Word faylini oling yoki saytning o'zida namoyish qiling.
Qaysi fanlar bo'yicha
Anatomiyadan sud tibbiyotigacha — 1-kursdan 7-kursgacha o'tiladigan asosiy tibbiy fanlar:
- Odam anatomiyasi
- Gistologiya, sitologiya va embriologiya
- Normal fiziologiya
- Biokimyo
- Tibbiy biologiya va genetika
- Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya
- Farmakologiya
- Patologik anatomiya
- Patologik fiziologiya
- Ichki kasalliklar
- Kardiologiya
- Jarrohlik
- Travmatologiya va ortopediya
- Pediatriya
- Akusherlik va ginekologiya
- Nevrologiya
- Psixiatriya
- Yuqumli kasalliklar
- Dermatovenerologiya
- Oftalmologiya
- Otorinolaringologiya
- Onkologiya
- Stomatologiya
- Radiologiya
- Shoshilinch tibbiy yordam
- Jamoat salomatligi va epidemiologiya
- Gigiyena
- Sud tibbiyoti
- Lotin tili va tibbiy terminologiya
Kimlar uchun
Tibbiyot oliygohlari (TTA/TDTU, TPTI, SamDTU, ADTI, BuxDTI, FJSTI, TDSI va boshqalar), tibbiyot kollejlari talabalari, ordinatorlar, magistrantlar va o'qituvchilar uchun. MavzuLab mustaqil loyiha, oliygohlar bilan rasmiy bog'liq emas.
Ko'p so'raladigan savollar
MavzuLab nima?
MavzuLab (mavzulab.uz) — tibbiyot talabalari uchun sun'iy intellektli yordamchi va tibbiy materiallar bazasi. U prezentatsiya, referat, mustaqil ish, kurs ishi, test va boshqa o'quv ishlarini tibbiy manbalarga tayangan holda tayyorlaydi.
Prezentatsiya qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Reja bir necha soniyada chiqadi, 10–15 slaydli prezentatsiya esa bir necha daqiqada yoziladi. Kurs va diplom ishlari bob-bob yozilgani uchun ko'proq vaqt oladi.
Xizmat pullikmi?
Ishlar ichki coinlar bilan to'lanadi, narx ish turi va hajmiga qarab yaratishdan oldin ko'rsatiladi. Ro'yxatdan o'tganda sovg'a coinlar beriladi, bazadan qidirish esa bepul.
Qaysi tillarda ishlaydi?
Ishlarni o'zbek (lotin), rus va ingliz tillarida tayyorlash mumkin. Sayt interfeysi ham shu uch tilda.
Qanday ro'yxatdan o'tiladi?
Telegram orqali: «Kirish» tugmasini bosing va @med_kattabot botida tasdiqlang. Parol kerak emas.
Gamma, Canva yoki Slayd+ dan farqi nimada?
Ular barcha yo'nalishlar uchun mo'ljallangan universal xizmatlar. MavzuLab faqat tibbiyotga ixtisoslashgan: fan va kursni hisobga oladi, matnni tibbiy darsliklar va ma'ruzalar bazasiga tayangan holda yozadi, manbani o'zingiz ham biriktirishingiz mumkin.
AI yozgan matnga ishonsa bo'ladimi?
AI xato qilishi mumkin, shuning uchun tayyor ishni topshirishdan oldin o'qib chiqing va manbalarni tekshiring. Materiallar faqat ta'lim maqsadida, tibbiy maslahat o'rnini bosmaydi.